Pokiston O‘zbekistonning arxeologik obektlarni saqlash tajribasini o‘rganmoqchi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Panjob viloyati turizm, arxeologiya va muzeylar departamenti rahbari Farid Ahmad Tarar bilan uchrashdi.
Unda Panjob viloyati va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida ushbu sohalarda hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma tadbirlar, fotoko‘rgazmalar va biyennalelar tashkil etish, shuningdek, tarixiy yo‘nalishlarni ilgari surish borasida katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Farid Ahmad Tarar O‘zbekistonning arxeologik obektlarni saqlash va restavratsiya qilish, ochiq osmon ostidagi muzeylarni boshqarish, shuningdek, YuNeSKO himoyasidagi qadimiy obidalarni muhofaza qilish borasidagi tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar milliy qadriyatlarni ommalashtirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qildilar.
Ushbu tashabbuslarni hayotga tatbiq etish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish va uning O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Qo‘qon shaharlari asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Mavzuga oid
11:16
Pokistondan olib kirilgan mandarin partiyasida zararkunanda borligi aniqlandi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
13:48 / 18.12.2024