Gurjistonda sobiq prezidentni davlat muhofazasidan mahrum etish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Qonunchilikka ko‘ra, Gurjiston prezidenti, bosh vaziri, shuningdek, parlament spikeri vakolat muddati tugaganidan keyin yana bir yil davomida davlat muhofazasidan foydalanishi mumkin edi.
Gurjistonda endi Konstitutsiyaviy sud agar mamlakat prezidentini konstitutsiyani buzgan deb topsa, u vakolat muddati tugaganidan keyin davlat muhofazasidan mahrum etiladi. Bu boradagi qonun mamlakat parlamenti tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur qonunni yoqlab 85 nafar deputat ovoz bergan. Uning qabul qilinishi uchun kamida 76 ta ovoz talab etilgandi. «Maxsus davlat muhofaza xizmati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Gurjiston prezidenti, bosh vaziri, shuningdek, parlament spikeri vakolat muddati tugaganidan keyin yana bir yil davomida davlat muhofazasidan foydalanishi mumkin. Agar yuqoridagi mansabdor shaxslardan biriga biror xavf tahdid solayotgan bo‘lsa, davlat muhofazasi muddati uzaytiriladi.
Gurjistonning vakolat muddati 29 dekabrda yakunlanadigan amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili o‘tgan yili hukumat rahbari bilan kelishmasdan bir nechta xorij safarlarini amalga oshirgan. Konstitutsiya Gurjiston prezidentiga tashqi siyosatda vakillik funksiyalarini faqat hukumat roziligi bilan amalga oshirishga ruxsat beradi. Shu bois hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi Konstitutsiyaviy sudga prezident impichmenti masalasida murojaat qilgan. Konstitutsiyaviy sud Zurabishvilini lavozimidan chetlashtirish taklifini qo‘llab-quvvatlagan, ammo hukmron partiya impichment e’lon qilish uchun yetarlicha ovoz to‘play olmagan.
Avvalroq Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat parlamenti dekabr oxiriga qadar ommaviy tadbirlarga niqobda tashrif buyurishni taqiqlaydigan qonun qabul qilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:31
Zurabishvili: Gurjiston prezidenti va bosh qo‘mondoni bo‘lib qolaman
19:23 / 22.12.2024
Gurjiston bosh vaziri Kobaxidze prezident Zurabishviliga jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi
13:47 / 21.12.2024
Yevrokengash bosh kotibi: Tbilisi tashqi ta’sirga oid qonunni o‘zgartirishga va’da berdi
20:54 / 20.12.2024