Jahon | 10:00 / 13.12.2024
5074
2 daqiqa o‘qiladi

Moldova Rossiya gazi tufayli favqulodda holat e’lon qildi

Moldova parlamenti deputatlarining yarmidan ko‘pi Rossiya gazining Ukraina orqali yetkazib berilishi to‘xtatilishi kutilayotgani munosabati bilan mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi.

Foto: Vladislav Culiomza/REUTERS

Moldovada Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtashi tahdidi tufayli favqulodda holat joriy etiladi. Bunday qaror 13 dekabr, jumaga o‘tar kechasi mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilindi. Uni 101 deputatdan 56 nafari qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

Moldovada 16 dekabrdan 60 kunlik favqulodda holat joriy etiladi. 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan gazning mamlakatga kelishi to‘xtashi kutilmoqda.

Ukraina 1 yanvardan RFdan YeIga gaz tranzitini to‘xtatadi

Kishinyov Rossiya gazini Ukraina orqali tranzit orqali oladi, uning vakillari mamlakat «Gazprom» bilan Rossiya Federatsiyasidan gaz tranziti bo‘yicha shartnomani uzaytirmoqchi emasligini bir necha bor aytishgan. Amaldagi shartnoma muddati 2024 yil 31 dekabrda tugaydi.

Bundan tashqari, Rossiya nefti ham Ukraina orqali Yevropa Ittifoqiga «Drujba» neft quvuri orqali keladi. Ukrainaning «Ukrtransafta» kompaniyasi va Rossiyaning «Transneft» kompaniyasi o‘rtasida uni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi.

Mavzuga oid