O‘zbekiston sertifikatlangan organik ekinlar maydonini 100 ming gektarga kengaytirmoqchi
Polshaning Farmer.pl elektron portalida "O‘zbekiston organik ekinlar maydonini 100 ming gektarga yetkazmoqchi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Maqolada O‘zbekiston prezidenti raisligida 28 noyabr kuni meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar qalamga olingan.
Qayd etilganidek, kelgusi uch yilda O‘zbekistonda sertifikatlangan organik ekinlar maydonlarini 3900 gektardan 100 ming gektarga kengaytirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston yetakchisi organik ekinlar maydonlarini ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi. Bu rejalar meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, endi organik maydon tashkil qilgan fermer va dehqonlarga yerni lazer bilan tekislash xarajati davlat tomonidan qoplab beriladi. "Organik", "Global Gap", "Halol", "Kasher" kabi sertifikatlarni olish xarajatlari uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi.
"2025 yilgacha organik ekinlar maydonini 10 ming gektarga, keyingi uch yilda esa 100 ming gektarga yetkazish vazifasi qo‘yildi", — deyiladi materialda.
Yig‘ilishda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash masalasi ham muhokama qilindi.
Maqolada, O‘zbekiston statistika agentligi ma’lumotlariga tayanib, 2023 yilda 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirilgani xabar qilingan.
"Bundan tashqari, mamlakat meva-sabzavot eksportini o‘tgan yilga nisbatan 370 million dollarga oshirib, 2024 yilda 2 milliard dollardan ortiq hajmga yetkazdi. 2025 yilda ushbu raqamlarni 3,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan", – deb ta’kidlangan manbada.
Mavzuga oid
09:50 / 25.07.2024
QXV yoz jaziramasida eng ko‘p zararlanadigan ekin turlarini ma’lum qildi
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
07:31 / 25.04.2024
Toshkentda ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilganlar ushlandi
07:41 / 06.03.2024