Isroil Jo‘lan tepaliklarida yahudiylar sonini oshirish rejasini qabul qildi
Biz Jo‘lanni saqlab qolamiz, mintaqada farovonlikni oshirishda va aholini ko‘paytirishda davom etamiz, dedi Isroil bosh vaziri.
Isroil hukumati Jo‘lan tepaliklarida isroilliklarning aholi punktlarini kengaytirish rejasini ma’qullab, «urush va Suriyaning yangi fronti voqeliklarini hisobga olgan holda» harakat qilayotganini aytdi, deb yozdi The Jerusalem Post. Hisobotda Isroilning mintaqadagi yahudiylar sonini ikki baravar oshirish rejasi borligi aytiladi.
Bosh vazir Binyamin Netanyahu shunday dedi: «Jo‘lanni mustahkamlash Isroil davlatini mustahkamlaydi va bu ayni paytda ayniqsa muhim. Biz ularni saqlab qolishda, mintaqada farovonlikni oshirishda va aholini ko‘paytirishda davom etamiz».
Ushbu dastur uchun 40 million shekel (11 million dollar) ajratish rejalashtirilgan. Jo‘lan tepaliklarida ta’lim, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va talabalar qishlog‘ini yaratish rejalashtirilgan. Yangi aholini joylashtirish uchun tashkiliy rivojlanish dasturi ham joriy etiladi.
2021 yilda Isroilning Naftali Bennet hukumati Jo‘lan tepaliklarida yahudiylar sonini ikki baravar oshirishni nazarda tutuvchi demografik reja uchun taxminan 317 million dollar ajratgan, u 7300 ga yaqin uy qurish va Isroildan 23 ming yangi ko‘chmanchilarni jalb qilishni nazarda tutgan edi.
Suriyaning Jo‘lan tepaliklari 1967 yilda «Olti kunlik» urushdan keyin Isroil tomonidan bosib olingan. 9 dekabr kuni Netanyahu ushbu hudud «Isroil hukmronligi ostida abadiy qoladi» dedi.
Mavzuga oid
22:22
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
17:10
Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza berdi - Haberturk
00:45
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
19:06 / 22.12.2024