AQSh KXDR va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Rossiyaning bir necha kompaniyasi va Shimoliy Koreyaning ba’zi fuqarolariga nisbatan sanksiyalar joriy qilindi.
AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Shimoliy Koreya bilan aloqador o‘n bir nafar shaxs (barchasi KXDR fuqarolari) va sakkizta tashkilotni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ro‘yxatga kiritilgan barcha shaxslar ikkinchi darajali jazo choralariga tortildi.
Sanksiya joriy qilinganlar orasida Koreya Mehnat partiyasi tashviqot va agitatsiya departamenti direktori Ju Chang Il, Koreya xalq armiyasi bosh razvedka boshqarmasi direktori Ri Chang Xo va Xalq qurolli kuchlari vaziri Ro Kvang Chol bor.
Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning quyidagi kompaniyalari kiritildi:
- «DV Ink» MChJ;
- «Vostok Treyding» MChJ;
- «Novosibirskoblgaz» MChJ;
- «Sibregiongaz» YoAJ.
Shuningdek, Shimoliy Koreyaning Golden Triangle va Korea Mandal Credit banklari, Okryu tashqi savdo kompaniyasi va Tabiiy fanlar akademiyasining ikkinchi tashqi ishlar byurosi ham cheklovlarga duch kelgan.
Mavzuga oid
13:31
BMW Rossiyaga avtomobil yetkazish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni tan oldi
09:12
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
00:45
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
23:25 / 22.12.2024