Vetnamda giyohvandlik vositalari savdosida ayblangan 27 shaxs o‘limga hukm qilindi
Vetnamda Kambodjadan giyohvandlik vositalarini tashish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi. Ularning 27 nafariga o‘lim jazosi tayinlandi, yana ikki nafari 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Vetnam sudi giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan 27 shaxsni o‘lim jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi Barrons.
Qayd etilishicha, sud jinoiy guruh rahbari Vu Xoang Oan hamda uning 26 nafar sherigini o‘limga hukm qilgan. Yana olti nafar ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi, ikki nafariga esa 20 yil muddatdan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil martdan 2022 yil noyabrga qadar jinoiy guruh Kambodjadan Vetnamga giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan shug‘ullangan. Bu davr mobaynida ular 626 kilogrammdan ziyod turli taqiqlangan moddalarni olib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Ayblanuvchilar har bir safaridan 50 kilogrammga yaqin narkotik moddalarni mamlakatga olib kirganliklarini tan olgan. Bu kabi qatnovlardan jami 129 ta amalga oshirilgan.
Vetnam qonunchiligiga ko‘ra, 600 grammdan ortiq geroin yoki 2,5 kilogrammdan ziyod metamfetamin bilan qo‘lga tushgan har qanday shaxs o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. 2013 yildan beri mamlakatda o‘lim jazosi otuv bilan emas, balki inʼeksiya yuborish orqali amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:05 / 27.12.2024
Xitoyda mashinasida 35 kishining umriga zomin bo‘lgan haydovchi o‘limga hukm qilindi
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:20 / 17.12.2024