Xitoyda mashinasida 35 kishining umriga zomin bo‘lgan haydovchi o‘limga hukm qilindi
Xitoyda ajrashganidan keyingi mulkiy mojaro natijasidan norozi bo‘lib, stadion atrofidagi odamlar ustiga katta tezlikda mashina haydagan shaxsga hukm o‘qildi. 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga o‘lim jazosi belgilandi.
Xitoy janubidagi stadion yaqinida odamlar ustiga mashinada bostirib borib, o‘nlab insonlarning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs o‘lim jazosiga hukm etildi, deb xabar beradi BBC.
Sud bayonotiga ko‘ra, Fan Veytsyu «jamoyat xavfsizligiga tahdid uyg‘otganlikda» ayblangan. 11 noyabr kuni Xitoyning Chjuxay shahrida avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan edi.
Qayd etilishicha, 62 yoshli erkak ajrashganidan keyingi mulkiy mojaro natijalaridan norozi holatda yugurish yo‘lakchasidagi odamlar ustiga mashinasini katta tezlikda haydashga qaror qilgan.
Xitoy OAVning ma’lum qilishicha, o‘ziga pichoq orqali yetkazilgan jarohatlardan keyin koma holatida bo‘lgani aytilgan Fan qurbonlarning oilalari va jamoatchilik vakillari oldida aybiga iqror bo‘lgan.
20 dekabr kuni Germaniyaning Magdeburg shahrida kelib chiqishi Saudiya Arabistonidan bo‘lgan Tolib al-Abdulmuhsin ismli shaxs rojdestvo yarmarkasiga kelgan odamlar ustiga BMW X3 mashinasini haydagan edi. Hodisa oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, 205 kishi tan jarohati olgan.
Mavzuga oid
20:02 / 27.12.2024
Vetnamda giyohvandlik vositalari savdosida ayblangan 27 shaxs o‘limga hukm qilindi
20:00 / 27.12.2024
Xitoy dunyodagi eng katta desant kemasini suvga tushirdi
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
22:20 / 26.12.2024