RFda AZAL borti qo‘nayotgan vaqtda Grozniyga UUA hujum qilgani tasdiqlandi
Azerbaijan Airlines samolyoti qo‘nayotgan vaqtda Grozniyga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qildi, deb xabar berdi Rosaviatsiya. Bokudan Checheniston poytaxtiga uchayotgan samolyot Qozog‘iston g‘arbidagi Oqtov yaqinida halokatga uchradi.
Rosaviatsiya Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti Grozniyga qo‘nayotgan vaqtda shaharga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qilganini tasdiqladi. «O‘sha kuni va o‘sha soatlarda Grozniy aeroporti hududidagi vaziyat juda og‘ir edi, o‘sha paytda Ukrainaning jangovar uchoqlari Grozniy va Vladikavkaz shaharlaridagi fuqarolik infratuzilmasiga terroristik hujumlar uyushtirdi. Grozniy aeroporti hududida maxsus rejim joriy qilindi, u barcha samolyotlarning belgilangan hududdan zudlik bilan chiqib ketishini nazarda tutadi», dedi 27 dekabr, juma kuni idora boshlig‘i Dmitriy Yadrov.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, aeroport hududida 500 metr balandlikda zich tuman bo‘lgan. Uchuvchilar samolyotni ikki marta qo‘ndirmoqchi bo‘lgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Yadrovning aytishicha, samolyot komandiriga qo‘nish uchun Rossiya Federatsiyasining boshqa aeroportlari taklif qilingan, biroq u go‘yoki Qozog‘istonning Oqtov shahriga uchishga qaror qilgan. «Birgalikda o‘rganilishi kerak bo‘lgan juda ko‘p turli xil holatlar mavjud, biz hamkasblarimiz bilan hamkorlikda bu ishga to‘liq tayyormiz», dedi Rosaviatsiya rahbari.
Boku: AZAL samolyoti qurol ta’siridan so‘ng qulagan
Ozarboyjon hukumati Bokudan Grozniyga yo‘l olgan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti qurol ta’siridan so‘ng Qozog‘istonda halokatga uchraganini ilk bor ommaviy ravishda ma’lum qildi. Buni 27 dekabr kuni Ozarboyjon raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev amalga oshirdi.
Jurnalistlar bilan suhbatda u dastlab samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashgani haqidagi versiya bo‘lganini, biroq Nabiyevning so‘zlariga ko‘ra, samolyotning yerdagi qoldiqlari va guvohlarning ko‘rsatmalari tashqi ta’sir haqida gapirishga imkon berganini aytdi. «Tergov bu aralashuv qanday qurol bilan amalga oshirilganini aniqlaydi», dedi vazir.
«Jarohatlangan yo‘lovchilar va tirik qolgan bort kuzatuvchilar Grozniy uzra o‘tayotganlarida portlash ovozini eshitganliklarini aytishdi. Hatto bort kuzatuvchilardan biri qo‘lidan yaralangan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va OAV tomonidan tarqatilgan videolavhalardan ham ma’lum bo‘lishicha, ayol kishi qo‘li va oyog‘idan jarohatlangan. Bundan tashqari, samolyotning ichida va fyuzelyajida ko‘zga ko‘rinadigan teshiklar bor. Rossiya fuqarolari bo‘lgan jabrlanuvchilar ham Grozniy uzra parvoz vaqtida uchta portlashni eshitganliklarini aytishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, portlashlar tashqarida sodir bo‘lgan, keyin esa samolyotga nimadir tegib ketgan», — dedi Nabiyev.
Mavzuga oid
10:31 / 28.12.2024
Boku: AZAL samolyoti qurol ta’siridan so‘ng qulagan
07:50 / 28.12.2024
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
09:00 / 27.12.2024
Qozog‘istonda AZAL layneri halokati versiyalariga hozircha baho berilmadi
20:58 / 26.12.2024