Toshkent metrosining 12 ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash imkoniyati yaratildi
Chilonzor yo‘lining «Olmazor»dan «Buyuk ipak yo‘li»gacha bo‘lgan 12 ta yerosti bekatida kaft orqali to‘lov tizimi ishga tushirildi. Yaqin vaqt ichida tizim qamrovi barcha stansiyalarga kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Toshkent metrosida «MyID Palm» kaft rasmi bo‘yicha to‘lov tizimi ishga tushirildi. Bu haqda «Uzinfocom» Spot’ga ma’lum qilgan.
Yo‘lovchini biometrik identifikatsiya qilish uchun kaftdagi tomirlar hosil qilgan rasmni skanerlash texnologiyasi qo‘llanadi. Tizim mahalliy ishlab chiquvchilar tomonidan Transport vazirligi, «ATTO» transporti to‘lov xizmati va «Octobank» bilan hamkorlikda yaratilgan.
Ishlab chiquvchilar foydalanuvchi ma’lumotlarini ishonchli himoya qilishga va’da beryapti. Texnologiya ruxsatsiz kirish va biometrik profillarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaydi, deya ta’kidlanadi xabarda.
«MyID Palm» skanerlari Chilonzor yo‘lining «Olmazor»dan «Buyuk ipak yo‘li»gacha bo‘lgan 12 ta yerosti stansiyasida sinov rejimida ishlayapti. Yaqin vaqt ichida tizim qamrovi barcha stansiyalarga kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Tizimdan «ATTO» transport kartasi va o‘rnatilgan servis ilovasi bo‘lgan smartfon mavjudligida foydalanish mumkin. Buning uchun biometrik profil yaratish va ular mavjud bo‘lgan metro bekatlaridan biridagi infokioskda kaftlarni skanerlash talab etiladi.
Ma’lumot uchun, kaft orqali to‘lov tizimini dastlabki sinovdan o‘tkazish 2023 yilning noyabr oyi oxirida boshlangandi. O‘shanda tizim «Xalqlar do‘stligi» metro bekatida o‘rnatilgandi.
Mavzuga oid
11:40 / 27.12.2024
Dam olish kunlari Toshkent metrosining ish tartibi ma’lum qilindi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
10:44 / 17.12.2024
Toshkent metrosi ilk marta bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
23:55 / 03.12.2024