GFRda ehtimoliy rossiyalik josuslarga ayblov qo‘yildi
Bosh prokuratura Germaniyada qo‘poruvchilik qilish maqsadida Rossiya maxsus xizmatlari uchun ma’lumot to‘plaganlikda gumon qilingan uch kishiga qarshi ayblov e’lon qildi. Maqsadlar orasida Ukraina qurolli kuchlari jangchilari tayyorlanayotgan AQSh harbiy poligoni ham bor.
Germaniya Bosh prokuraturasi Rossiya foydasiga josuslik qilgan uch kishiga nisbatan ayblov e’lon qildi. Bu haqda 30 dekabr, dushanba kuni dpa axborot agentligi xabar berdi. Unga ko‘ra, ayblanuvchi Germaniya va Rossiya fuqaroligiga ega. Der Spiegel aniqlik kiritishicha, ayblovlar 9 dekabr kuni Myunxen Oliy mintaqaviy sudi Davlat xavfsizlik Senati muhokamasiga kiritilgan.
Asosiy ayblanuvchi bayroytlik 40 yoshli Diter S. Oktyabr oyida Germaniya Bosh prokuraturasi uni xorijlik terrorchilik guruhiga mansublikda va davlatga tahdid soladigan og‘ir zo‘ravonlik jinoyatiga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblagan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Diter S. 2014—2016 yillarda o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») qurolli bo‘linmalaridan biri tarkibida Ukraina sharqida jang qilgan va bir necha bor tinch aholiga qarshi zo‘ravonlik sodir etgan.
38 yoshli Aleksandr Y. va 43 yoshli Aleks D., shuningdek, Bayroytda yashagan, ular asosiy ayblanuvchining sheriklari ekanligi taxmin qilinmoqda. Diter S. aprel oyida hibsga olingan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan. U bilan birga Aleksandr Y. hibsga olingan, biroq keyinchalik uni hibsga olish haqidagi order bekor qilingan. Ta’kidlanishicha, Aleks D. hali ham ozodlikda.
FTB AQShda yashovchi rossiyalik ayolni FSB bilan hamkorlikda ayblamoqda
AQSh Adliya vazirligi Nyu-Yorkda yashovchi rossiyalik ayol Nomma Zarubinani Rossiya razvedka xizmatlariga aloqadorlikda aybladi. Bu haqda 2 dekabr kuni Telegramʼda sud hujjatlari skanerini e’lon qilgan Russian America for Democracy in Russia loyihasi va huquqshunos Igor Slabix ma’lum qildi.
Ularga ko‘ra, 34 yoshli Zarubina 2021 yil aprelida va 2023 yil sentabr oyida Rossiya razvedka xizmatlari bilan aloqalarini rad etgan holda Federal tergov byurosi (FTB)ga «qasddan va bila turib» yolg‘on ko‘rsatma berganlikda ayblanmoqda. FTB ma’lumotlariga ko‘ra, keyinroq ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik ayol o‘zi tug‘ilgan Tomskda joylashgan FSB xodimi bilan muntazam aloqada bo‘lib, AQShda topshiriqlarni bajarishga rozi bo‘lgan. Unga «Alisa» shartli nomi berildi va u Rossiya maxsus xizmatlari nomidan jurnalistlar, harbiy xizmatchilar va ekspertlar bilan aloqa o‘rnatdi.
Mavzuga oid
13:48 / 02.01.2025
GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi
08:00 / 23.12.2024
GFRda Magdeburg bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruvlar o‘tkaziladi
16:23 / 21.12.2024
GFR prezidenti 27 dekabrda Bundestag tarqatilishini e’lon qiladi
16:39 / 19.12.2024