Ukraina dronlari hujumi chog‘ida RFning beshta aeroporti yopildi
1 yanvar kuni kechqurun Rossiyaning beshta aeroporti «xavfsizlikni ta’minlash» uchun yopildi. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining hududlari Ukraina uchuvchisiz uchoqlari tomonidan hujumga uchradi.
1 yanvar, chorshanba kuni kechqurun Rossiyaning beshta aeroporti xavfsizlik nuqtayi nazaridan yopildi. Bu haqda Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) matbuot kotibi Artem Korenyako ma’lum qildi.
Aeroportlar dron hujumlari fonida yopildi
«Fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida bugun kechqurun beshta aeroportda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi», — deb yozdi u Telegramʼda. Korenyakoning so‘zlariga ko‘ra, Kaluga, Penza, Saransk, Saratov va Ulyanovsk aeroportlari reyslarni qabul qilmaydi va jo‘natmaydi. Bir soatdan keyin u Kalugada cheklovlar olib tashlanganini e’lon qildi.
Rasmiy aeroportlarning vaqtincha yopilishining aniq sabablarini aytmadi. Ammo chorshanba kuni kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy Rossiyaning bir qancha hududlari: Belgorod, Kursk, Voronej, Bryansk, Rostov, Tula va Oryol oblastlari ustida Ukraina uchuvchisiz uchoqlari yo‘q qilinganini e’lon qildi.
Rostov oblasti rahbari Yuriy Slyusar mintaqa uzra beshta dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov ham dron hujumi haqida xabar berdi.
Urush boshlanganidan beri Rossiyaning 10 ta aeroporti yopiq
Ukrainada urush boshlanganidan keyin deyarli uch yil davomida Rossiya Federatsiyasining markaziy va janubiy qismlarida to‘qqizta aeroport yopiq qolmoqda: Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelendjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov-Don. Qrimdagi Simferopol aeroporti ham yopilgan.
Mavzuga oid
13:43 / 01.01.2025
FT: RF Yaponiya va Janubiy Koreyadagi AESga zarbalarga tayyorlangan
15:09 / 31.12.2024
RFda Navalniy kitobining elektron versiyasini bepul yuklab olish mumkin
13:25 / 31.12.2024
Ukraina va RF asirlar almashinuvi bo‘yicha turli xil ma’lumot berdi
09:53 / 31.12.2024