O‘zbekiston | 11:03 / 04.01.2025
64488
4 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 6-8 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi 0...–5, kunduzi +3...+8, 7 yanvarda kechasi 0...–5, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi –5...–10, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 7–8 yanvarda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi –2...+3, kunduzi +7...+12, 7 yanvarda kechasi –2...+3, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi 0...–5, kunduzi –2...+3; Navoiy viloyatining shimolida 6 yanvarda kechasi 0...–5, kunduzi +3...+8, 7 yanvarda kechasi 0...–5, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi –5...–10, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 yanvarda kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 8 yanvar kuni kechasi va ertalab ba’zi joylarga qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 7–8 yanvarda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi 6–7 yanvarda kechasi –3...+2, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi va kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6–7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 yanvar kuni kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 7–8 yanvarda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi 6–7 yanvarda –3...+2, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi va kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi 6–7 yanvarda +7...+12, 8 yanvarda +5...+10 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 7–8 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 8 yanvarda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi 6 yanvarda +2...+7, 7–8 yanvar kunlarida +4...+9 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 7–8 yanvar kunlari ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi 6 yanvarda kechasi –5...–10, kunduzi –3...+2, 7 yanvarda kechasi –3...–8, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi –5...–10, kunduzi –2...–7 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid