Tailandda fil ispaniyalik talaba qizni o‘ldirib qo‘ydi
Fil uni cho‘miltirayotgan qizga tishini sanchib olgan.
Tailandda fil ispaniyalik talaba qizni tishi bilan o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda EFE agentligi xabar bermoqda.
Fojia Tailandning janubi-g‘arbiy Yao Yay orolidagi Ko Yao maxsus markazida fillarni cho‘miltirish paytida yuz bergan. Fil uni cho‘miltirayotgan qizga tishini sanchib olgan. Keyinroq talaba olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi.
SUR nashriyotiga ko‘ra, qiz Ispaniyaning Navarra universitetida huquqshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olardi. 22 yoshli qiz Valyadolid shahridan bo‘lgan.
2024 yil aprel oyida Zambiyada 80 yoshli amerikalik sayyoh mashinaga fil hujum qilishi oqibatida halok bo‘lgandi. Fil zarbidan ag‘darilgan mashinaning yana bir necha yo‘lovchisi jarohatlangan.
Ma’lumot uchun, Tailanddagi dam olish markazlarida fillarni yuvintirish va ular bilan cho‘milish ommabop mashg‘ulot hisoblanadi. U yerlarda fillar sayyohlar uchun ko‘rgazmalarda ham qatnashadi.
Mavzuga oid
14:11 / 18.12.2024
Rossiyada O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb tan olindi
15:48 / 10.12.2024
Tailandda ikki kishi massajdan keyin vafot etdi
09:42 / 10.12.2024
O‘zbekiston yana ikki davlat bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
15:17 / 11.11.2024