Yaponiya hukumati Xitoy bilan bog‘liq kiberhujumlardan xavotirini bildirdi
Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlangan MirrorFace hakerlik guruhi Yaponiya milliy xavfsizligi va ilg‘or texnologiyalariga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga uringan. Ular asosan TIV, Mudofaa vazirligi, Kosmik agentlikka kiberhujumlar uyushtirgan.
Yaponiya oxirgi besh yilda mamlakat milliy xavfsizligi va yuqori texnologiyalariga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga qaratilgan kiberhujumlarda Xitoyning MirrorFace hakerlik guruhini ayblamoqda. Bu haqda Milliy politsiya boshqarmasi (NPA) ma’lum qildi.
Yapon hukumatining ma’lum qilishicha, 2019 yildan 2024 yilgacha MirrorFace hujumlari tahlil qilinganida, bu Xitoy bilan bog‘liq tizimli harakatlar ekani aniqlangan. Hujumlarning asosiy maqsadi Yaponiya milliy xavfsizligi va ilg‘or texnologiyalariga oid ma’lumotlarni o‘g‘irlash bo‘lgan.
NPA ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy hukumati qo‘llab-quvvatlovi yordamida tashkil etilgan kiberhujumlar asosan Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Yaponiya kosmik agentligi, shuningdek, ilg‘or texnologiyalarga aloqador xususiy kompaniya va tahliliy markazlar xodimlari, siyosatchilar, jurnalistlarga nisbatan uyushtirilgan.
Bundan tashqari, MirrorFace 2023 yilning fevral-oktyabr oylarida yarimo‘tkazgichlar va axborot-kommunikatsiya sohasida ustuvorlikka ega 37 ta tashkilot tarmog‘iga kirgan. Jabr ko‘rganlar orasida Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi ham bor.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, virtual xususiy tarmoq qurilmalarining zaifliklaridan foydalangan holda uyushtirilgan buday hujumlar oqibatida maxfiy ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:30
Yaponiyada 2720 yilga borib bir nafar 14 yoshdan kichik bola qolishi mumkin - prognoz
22:19 / 05.01.2025
Yaponiyada tunets balig‘i 1,3 mln dollarga sotildi
17:51 / 04.01.2025
Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi
19:01 / 02.01.2025