Jahon | 12:02 / 09.01.2025
4468
2 daqiqa o‘qiladi

«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

Avvalroq, Meta korporatsiyasi asoschisi Mark Tsukerberg Facebook va Instagram’da so‘z erkinligini qaytarishini aytgan edi. Unga javoban, Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining qadriyatlari AQShdagi saylovlarga bog‘liq emasligini, haqiqiy sinov – «siyosiy shamollar» yana o‘zgarganda kelishini aytdi.

Fotokollaj: Kun.uz

«Men, siyosiy jihatdan xavfsiz bo‘lishidan ancha oldin — Telegram so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlab kelganidan faxrlanaman. Bizning qadriyatlarimiz AQShdagi saylov davrlariga bog‘liq emas.

Bugun boshqa platformalar endi ularda kamroq senzura bo‘lishini e’lon qilmoqda. Ammo ularning yangi qadriyatlari uchun haqiqiy sinov — siyosiy shamollar yana o‘zgargandan so‘ng keladi. Hech qanday xavf bo‘lmaganda, biror narsani qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson», — deb yozgan Durov o‘zining Telegram kanalida.

7 yanvar kungi chiqishida Meta asoschisi Mark Tsukerberg korporatsiya o‘z platformalari — Facebook, Instagram va Threads mikrobloglar servisida faktchekerlar xizmatidan voz kechishini ma’lum qilgandi.

U joriy tizim «juda ko‘p xato va senzura mavjud nuqtaga yetib kelgani, shu sababli qoidalarni soddalashtirish hamda platformalarda so‘z erkinligini qaytarishini» qayd etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng uch oy ichida AQSh rasmiylarining 900 ta so‘rovini bajarib, 2253 nafar foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularga taqdim qilgan. 

Mavzuga oid