Andijonda maktab o‘qituvchisidan farzandiga baho qo‘yishni talab qilgan ota-ona jarimaga tortildi
Shahrixon tuman sudi ushbu ota-onaga nisbatan BHMning 7 baravari miqdorida jarima belgiladi. O‘z navbatida o‘qituvchi Bo‘ston tumanlararo sudiga murojaat qilib, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun jami 6,25 mln so‘m undirib berishni so‘radi.
Andijon viloyati Shahrixon tumanida maktab o‘qituvchisidan farzandiga baho qo‘yishni talab qilgan ota-ona sud tomonidan jarimaga tortildi, deb xabar beradi Oliy sud matbuot kotibi.
Qayd etilishicha, o‘quvchining ota-onasi S.S. hamda G.S. o‘qituvchining yashash xonadoniga kelib, farzandiga baho qo‘yishini aytib, uning bilimi to‘g‘ri va xolis baholanishiga ta’sir ko‘rsatgan hamda pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilgan.
Huquqbuzarlik holati jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tumani sudida ko‘rib chiqilgan hamda ota-onaning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasi (ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida (2 million 625 ming so‘m) ma’muriy jarima jazosi tayinlangan.
Shundan so‘ng holat bo‘yicha jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan M.N. fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilib, o‘quvchisining ota-onasidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uchun 3 million 325 ming so‘m, ma’naviy zarar uchun esa 3 million so‘m undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilishni so‘ragan.
«Biroq da’vogar sud majlisida javobgarlar bilan huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararlarni undirish masalasida kelishib olganligini ta’kidlagan. Shu bois sud arz qilingan talabdan voz kechishni qabul qilib, fuqarolik ishini ish yuritishdan tugatish haqida ajrim chiqardi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:39 / 07.01.2025
Andijonda 518 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi
08:14 / 07.01.2025
Andijondagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
01:01 / 06.01.2025
Andijonda maishiy savdo do‘konida yong‘in chiqdi
14:37 / 27.12.2024