Buklama iPhone shu yildan ommaviy ishlab chiqarilishi mumkin
Apple mutlaqo yangi qurilmani shu yil oxirida yoki kelasi yil boshida taqdim etishi ta’kidlanmoqda.
Apple kompaniyasi birinchi buklanadigan iPhone smartfonini 2025 yil ikkinchi yarmida ommaviy ishlab chiqarishga kirishadi. Bu haqda taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, telefon hozir «rejalashtirish bosqichida». U xuddi o‘ta yupqa iPhone 17 Air modeli kabi faqat eSIM’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Kuo fikriga ko‘ra, Apple dizaynda fizik SIM-kartalar uchun slotni qoldirmasa, ikkala gadjet Xitoy bozorida qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Tahlilchi Jyeff Pu avvalroq buklanadigan iPhone 2026 yil oxirida chiqarilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi, Tayvanning TrendForce tadqiqot kompaniyasi esa uni 2027 yildan oldin chiqarilmasligini ma’lum qildi.
Kuoning so‘nggi bashoratiga ko‘ra, qurilma 2025 yil oxirida yoki 2026 yil boshida taqdim etilishi mumkin, biroq aniq vaqt hali noma’lum. Uning ta’kidlashicha, iPhone 17 Air katta hajmda ishlab chiqralishishga qaramay, Apple sotuvlarining umumiy hajmini sezilarli darajada oshirishi dargumon. U buni sifatsiz komponentlardan foydalanish, qurilmaning yuqori narxi va hozirgi modellarga o‘xshashligi bilan izohlamoqda.
Mavzuga oid
18:52 / 09.01.2025
Indoneziya Apple kompaniyasiga iPhone 16 sotuvini qayta tiklashga ruxsat bermadi
20:35 / 06.01.2025
Apple foydalanuvchilar suratlarini ruxsatsiz skanerlayotgani ma’lum bo‘ldi
17:13 / 04.01.2025
Axios: Apple rahbari Tramp inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qiladi
21:45 / 03.01.2025