Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Nurmagomedov samolyotning favqulodda chiqish eshigi yonida o‘tirgan, ammo ingliz tilini yaxshi tushunmasligi ma’lum bo‘lgach, boshqa o‘rindiqqa o‘tishni istamagan.
UFC sobiq chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedov styuardessa bilan tortishib qolgani uchun AQShda samolyotdan tushirib yuborildi. Bu haqda Essentially Spors xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Nurmagomedov samolyotning favqulodda chiqish eshigi yonida o‘tirgani ko‘rinadi. Styuardessa undan favqulodda vaziyat yuzaga kelganda boshqa yo‘lovchilarga yordam bera oladimi, deb ingliz tilida so‘ragan.
Nurmagomedov savolni darrov tushunmadi va undan boshqa o‘rindiqqa o‘tirishni so‘rashdi. Ammo u rad javobini berdi. Keyin styuardessa unga supervayzerga qo‘ng‘iroq qilishini va samolyotdan tushirilishini aytdi.
Nurmagomedov styuardessaning talablarini adolatsiz deb atadi, chunki ro‘yxatdan o‘tish vaqtida undan ingliz tilini bilishi haqida so‘rashgan edi.
Yakunda Nurmagomedov o‘rnidan turib, supervayzerga ergashishga majbur bo‘ldi, uning hamrohlari ham o‘rnidan turib, javondan bagajlarini olib ketishdi.
18 yanvar kuni Los-Anjyelesda 2025 yilgi UFC markaziy turnirlaridan biri bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda Nurmagomedov jamoasi jangchilari ham chiqish qilishi lozim.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024
Habib Nurmagomedovning bank hisobraqamlari muzlatib qo‘yildi
02:47 / 22.10.2023