O‘zbekiston Qozog‘iston donining asosiy xaridori bo‘lib turibdi
2024 yilda Qozog‘iston temiryo‘llari orqali O‘zbekistonga 3,3 million tonna g‘alla yetkazildi.
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi don qaysi davlatlarga eksport qilinayotgani haqida ma’lumot berdi.
Orda xabariga ko‘ra, 2024 yilda Qozog‘iston temir yo‘llari orqali xorijga 8,1 million tonna g‘alla jo‘natilgan. Asosiy xaridorlar quyidagilar:
- O‘zbekiston — 3,3 million tonna;
- Xitoy — 1,7 million tonna;
- Tojikiston — 1,2 million tonna (o‘tgan yili bu mamlakatga eksport 20 foizga oshgan).
Shu bilan birga, Eron va Ozarboyjonga don yetkazib berish ham tiklangan.
«Bozor tiklanganidan keyin Eronga don yetkazib berish hajmi ikki baravarga oshib, 526 ming tonnaga, Ozarboyjonga esa 1,8 barobarga oshib, 211 ming tonnaga yetdi», deyiladi xabarda. Qirg‘izistonga don yetkazib berish hajmi 1,9 barobar oshib, 140 ming tonnani tashkil qilgan.
2024 yil Qozog‘istonda g‘alladan rekord darajada 26,5 mln tonna hosil olindi, shundan 3,9 million tonnasi boshqa mamlakatlarga sotilgan. Bu 2023 yilga nisbatan 57 foizga ko‘pdir.
Mavzuga oid
18:15 / 13.01.2025
Suriyaning yangi hukumati xorijiy mahsulotlar importiga ruxsat berdi
17:34 / 13.01.2025
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi suvi hajmini 42 foizga oshirdi
23:19 / 11.01.2025
Yangi cheklov O‘zbekistonga avtomobil olib kirishni 4 barobargacha qisqartirishi mumkin. Qanday qilib?
20:55 / 11.01.2025