Seul: Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida Shimoliy Koreyaning 300 askari o‘ldirildi
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan tashqari, KXDR 2700 nafar yaralangan askarini ham yo‘qotgan. Ukraina prezidenti Zelenskiy asirga olingan shimoliy koreyalik jangchilarni KXDR yetakchisiga topshirishga tayyorligini bildirdi.
13 yanvar, dushanba kuni janubiy koreyalik deputat Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida Shimoliy Koreyaning 300 ga yaqin askari halok bo‘lgani, yana 2700 nafari yaralangani haqida xabar berdi.
«Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyada joylashtirilishi Kursk oblastini ham qamrab olgani ma’lum qilinmoqda, Shimoliy Koreya kuchlari orasida yo‘qotishlar soni 3000 dan oshgan, jumladan, 300 ga yaqin askar halok bo‘lgan va 2,7 ming kishi yaralangan», — dedi deputat Li Song Kvun Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) brifingidan so‘ng.
Deputat: Askarlarga taslim bo‘lish taqiqlangan
Shimoliy Koreyaning "Bo‘ron" nufuzli korpusidan ekani taxmin qilingan askarlarga, agar asirga tushib qolish xavfi bo‘lsa, o‘z joniga qasd qilish buyurilgan, dedi Li. «Ayniqsa shuni ta’kidlash joizki, halok bo‘lgan askarlar ustidan topilgan yozuvlar Shimoliy Koreya hukumati tomonidan qo‘lga tushmaslik uchun ularni o‘z joniga qasd qilishga yoki o‘zini portlatishga majburlash bo‘yicha bosimdan dalolat beradi», — dedi janubiy koreyalik deputat.
Bu askarlarning ba’zilari «afv etilgan» bo‘lsa, ba’zilari janglar orqali hayotlarini yaxshilash umidida ixtiyoriy ravishda KXDR Mehnat partiyasiga qo‘shilishgan. Asirga tushishga yaqin turgan Shimoliy Koreya askarlaridan biri: «General Kim Chen In!» deya hayqirdi va granatani portlatmoqchi bo‘lgan, ammo otib o‘ldirilgan, dedi Li.
NIS ekspertlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, Shimoliy Koreya askarlari «zamonaviy urush haqida tushunchaga deyarli ega emas» va Rossiya tomonidan «yuqori qurbonlar ko‘rsatkichi»ga olib keladigan tarzda foydalanilmoqda», dedi deputat.
Mavzuga oid
21:39
Xitoy va Hindiston sanksiya ostiga tushgan Rossiya neft tankerlarini qabul qilmadi
20:44
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan - The Times
19:33
Rossiyaga kiritilgan yangi sanksiyalar ta’sir kuchi jihatidan SWIFT'dan uzishga teng - Shuhrat Rasul
15:49