Jahon | 15:27 / 14.01.2025
4011
4 daqiqa o‘qiladi

Rossiya armiyasi Pokrovskni aylanib o‘tib, Dniproga yo‘l olishi mumkin

Rossiya armiyasi o‘tgan yozdan beri qo‘lga kirita olmagan Pokrovsk uchun jangdan voz kechib, g‘arbga, Dnipropetrovsk oblastiga o‘tishi mumkin. Pavlograd shahri Rossiya Qurolli kuchlari uchun yangi nishonga aylanishi mumkin.

Foto: RIA Novosti / Aleksey Kudenko

Rossiya qo‘shinlari taxminan olti oydan beri faol janglar davom etayotgan Donetsk oblasti Pokrovsk shahrini chetlab o‘tib, Ukrainaning yirik shahri Dnipro yo‘nalishida harakatlanishi mumkin. 13 yanvar, dushanbaga o‘tar kechasi Ukraina Mudofaa vazirligi bilan bog‘liq bo‘lgan Deep State OSINT-loyihasining e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, janubdan Pokrovskka yaqinlashgan Rossiya bo‘linmalari endi g‘arbga qarab oldinga siljishga harakat qilmoqda va Dnipropetrovsk oblastiga olib boruvchi avtomobil yo‘lidan 7 kilometr uzoqlikda bo‘lib turibdi.

Rossiya kuchlari 2024 yil avgust oyi boshidan beri Donetsk oblastining Ukraina nazoratidagi qolgan hududlari uchun asosiy logistika va transport markazi bo‘lgan Pokrovsk yaqinida joylashgan. Biroq, Baxmut va Avdiyivkani bosib olish paytida bo‘lgani kabi, ko‘cha janglari u yerda kuzatilmadi. «Ular (Rossiya Qurolli kuchlari) Pokrovskni egallashga urinayotganda ko‘p kuchlarini yo‘qotishlarini tushunib, uni chetlab o‘tish uchun janubdan boshqa strategiya va yondashuvga yopishishga qaror qildi», — deb yozadi Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi Ukraina harbiy razvedkasining yuqori martabali xodimi Andrey Chernyakka tayanib. Unga ko‘ra, rossiyaliklar ukrain kuchlari u yerdan chiqib ketishi uchun Pokrovskka barcha ta’minotni to‘xtatishga harakat qiladi.

Kremlparast harbiy blogerlarga ko‘ra, Dnipropetrovsk oblastiga yurish Ukraina Qurolli kuchlarini Pokrovskdan «zaxiralarni olib chiqishga» majbur qiladi, bu esa ushbu transport uzelining rossiyaliklar tomonidan keyingi bosib olinishiga yordam berishi mumkin. Rossiya armiyasi nishoniga aylanishi mumkin bo‘lgan navbatdagi yirik shahar Dnipropetrovsk viloyatidagi Pavlograd bo‘lib, u yerda Ukraina harbiy bazasi ham joylashgan.

Yil boshida Rossiya qo‘shinlari Pokrovsk yaqinidagi uchta qishloqni egalladi

DeepState 3 yanvar kuni Donetsk oblastidagi Dachnoye, Noviy Trud va Volkovo aholi punktlarini Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan deb aniqlashtirdi, ular Pokrovskdan 5-6 kilometr janubda joylashgan. Urushning xuddi shunday surati Liveuamap blogi tomonidan ham keltirilgan. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabining rasmiy hisobotida Noviy Trud qishlog‘i uchun janglar haqida so‘z yuritilgan. Bundan tashqari, DeepState ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar Zeleniy, Vozdvijyenka, Novovasilevka qishloqlari, shuningdek, Yantarniy va Solnsevka yaqinida oldinga siljigan.

Katta yo‘qotishlarga qaramay, Rossiya armiyasi asta-sekin Ukrainaga chuqurroq kirib borishda davom etmoqda. May oyidan beri, Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, RF qo‘shinlari kuniga 1000 dan ortiq askarni yo‘qotgan, kuzda esa bu raqam 1200 kishidan oshgan. Urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, armiya 2024 yilda, asosan, Donetsk oblastida 4200 kvadrat kilometrga yaqin hududni egallashga muvaffaq bo‘lgan. Oktyabr oyida ISW Rossiyaning hujumi «pasayganini», u Kremlning butun Donbassni qo‘lga kiritish maqsadiga hatto yaqinlasha ham olmaganini yozgan edi.

Rossiya qo‘shinlarining oldinga siljishiga ta’sir qiluvchi yana bir omil — bu «o‘tib bo‘lmaydigan» mahalliy yerlar, dedi Pokrovsk rayonida Ukraina brigadasi tarkibida jang qilayotgan ukrainalik askar FT'ga.

Mavzuga oid