Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi
O‘zbekiston bosh prokurori, Kurash federatsiyasi raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Sport kurashlari assosiatsiyasi raisi etib saylandi.
Tadbirkor Salim Abduvaliyev O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi lavozimini tark etgan. Bugun, 14 yanvar kuni tashkilotning yangi rahbari e’lon qilindi.
Navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston bosh prokurori Yig‘matilla Yo‘ldoshev Sport kurashlari assosiatsiyasi rahbari lavozimiga saylandi.
Ma’lumot uchun, Yo‘ldoshev 2019 yildan buyon Bosh prokuratura bilan birga, Kurash federatsiyasini ham boshqarib kelmoqda.
Kuni kecha Sport kurashlari assosiatsiyasining sobiq raisi Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli ozodlikka chiqqani ma’lum bo‘lgandi.
74 yoshli tadbirkor 2023 yil dekabr oyida qo‘lga olinib, 2024 yil mart oyida o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanib 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Abduvaliyev 2017 yil yanvar oyidan Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan, bu lavozimidan o‘tgan yili ozod etilgandi.
Avvalroq, mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov O‘q otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan edi.
Mavzuga oid
20:33 / 12.01.2025
“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqdi - manba
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
10:57 / 25.11.2024
Mo‘g‘ulistonda o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
19:01 / 11.11.2024