Jamiyat | 12:23
903
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 486 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi 

O‘rta Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z xonadonida tashkil qilgan issiqxonada hisoblash uskunasini chetlab o‘tib, ijro-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan.

Foto: Hududgazta’minot

Joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Hududgazta’minot” AJ xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanining Xalqobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.U. o‘z xonadonida tashkil qilgan issiqxonada hisoblash uskunasini chetlab o‘tib, ijro-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, 486,14 mln so‘mlik zarar aniqlandi. 

Voqea bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid