Dubayning ilg‘or yechimlari Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etilishi mumkin
BAAdagi sheriklar bilan O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 15 yanvar kuni Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar samarali bo‘lgani hamda O‘zbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘targani yuqori baholandi.
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash kabi sohalarda faol muloqotlar va samarali hamkorlik olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.
BAAdagi sheriklar bilan O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.
Dubayning ilg‘or yechimlarini shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar faol muloqotni davom ettirish va amaliy sheriklikning barcha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
07:30
BAA taraqqiyoti: asoschi otalar va ularning davomchilari kim?
17:22 / 13.01.2025
Dubayda ikki osmono‘par bino tomdagi basseyn orqali bir-biriga tutashtirib quriladi
17:38 / 28.12.2024
Prezident Yangi Toshkentdagi ilm va ta’lim maskanlari qurilishi bilan tanishdi
16:19 / 28.12.2024