Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi ilk bor New Glenn og‘ir raketasini orbitaga uchirdi
98 metrli raketa Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidagi kosmodromdan start oldi. Taxminan 12 daqiqa o‘tgach, raketa sinov parvozining asosiy maqsadi - orbitaga chiqishni amalga oshirdi.
Amazon asoschisi Jyeff Bezosga tegishli Blue Origin kosmik kompaniyasi New Glenn orbital raketasining birinchi parvozini amalga oshirdi, deb xabar beradi BBC.
98 metrli raketa mahalliy vaqt bilan soat 02:02 da Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidagi kosmodromdan start olgan. Taxminan 12 daqiqa o‘tgach, raketa sinov parvozining asosiy maqsadi — orbitaga chiqishni amalga oshirgan.
Startdan 20 daqiqa o‘tib, Blue Origin kompaniyasi New Glenn raketasining birinchi pog‘onasini Atlantika okeanidagi platformaga qo‘ndira olmaganini ma’lum qildi.
Avvalroq New Glenn raketasining parvozi uch marotaba qoldirilgan edi.
Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi kosmosga tijoriy parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha bozorda ustun mavqega ega Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga raqobatchi bo‘lishga urinmoqda. Ikkala kompaniya ham kosmosga ko‘proq sun’iy yo‘ldosh, tijoriy stansiyalar uchirish va Oyga muntazam parvozlarni amalga oshirish niyatida.
Balandligi 98 metrni tashkil etadigan New Glenn raketasi ikki pog‘onadan iborat. Birinchi pog‘onasi ko‘p martalik bo‘lib, undan 25 martagacha foydalansa bo‘ladi. Tashuvchi raketa Yerning pastki orbitasiga 45 tonnagacha foydali yukni, geostatsionarga esa 13 tonna yukni olib chiqishga qodir.
Mavzuga oid
23:29 / 13.01.2025
New Gleen raketasi parvozi startga 15 daqiqa qolganda bekor qilindi
02:23 / 09.01.2025
The Washington Post gazetasi 100 ga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi
21:20 / 01.01.2025
2024 yilda eng boy 500 kishining boyligi 10 trillion dollardan oshdi
19:19 / 13.12.2024