Iqtisodiyot | 15:02
641
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Eron guruch va sitrus mevalarni birgalikda yetishtirishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning Mozandaron ustoniga tashrifi doirasida mazkur hududning Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Ali Taqiypur hamda yirik tadbirkorlari bilan uchrashuv va biznes-forum o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ali Taqiypur O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imtiyozlar, xususan, ayrim tovarlar uchun bojxona bojining nol stavkalari muddati uzaytirilgani uchun minnatdorchilik izhor qildi.

Forum davomida Mozandaron ishbilarmon doira vakillari qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sohasida guruch va sitrus mevalarni yetishtirish, eksportga tayyorlash borasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga hamda o‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyorliklarini bildirishdi.

Muzokaralar natijasida Mozandaron ustoni Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Ali Taqiypur va hududning yirik tadbirkorlaridan iborat biznes delegatsiyaning 2025 yil 15-19 yanvar kunlari mamlakatga tashrifi masalasi ishlab chiqildi.

Mavzuga oid