Voronej oblastida neft bazasida dron hujumidan keyin yong‘in chiqdi
Bir nechta uchuvchisiz uchoqlar qulaganidan keyin neft bazasida yong‘in «chiqqani»ni Voronej oblasti gubernatori Gusev tasdiqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
Voronej oblasti gubernatori Aleksandr Gusev 15 yanvar, chorshanba kuni kechqurun Voronej oblastidagi neft bazasida yong‘in boshlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «yong‘in»ga korxona hududiga bir nechta dronlarning qulashi sabab bo‘lgan. Gusev neft bazasining aynan qayerida yong‘in chiqqaniga aniqlik kiritmadi, biroq Rossiya Telegram-kanallari uning Liski posyolkasida joylashganini ko‘rsatmoqda.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda», — deya qayd etgan Gusev va mintaqada dronlar hujumi xavfi saqlanib qolayotganini qo‘shimcha qildi.
Telegram-kanallarda kuchli yong‘inni ko‘rsatuvchi guvohlarning videolari e’lon qilinmoqda, guvohlardan birining aytishicha, neft omboriga uchta dron urilgan.
Korxonada yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar paydo bo‘lishidan bir necha soat oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Voronej oblasti uzra beshta Ukraina droni «yo‘q qilingani»ni bildirdi.
Mavzuga oid
13:09 / 27.12.2024
Migrantlar allaqachon Rossiyadan boshqa tomonga qaramoqda – rossiyalik gubernator
09:53 / 20.11.2024
Voronej yaqinidagi sanoat korxonasiga dronlar hujum qildi
14:23 / 28.08.2024
Voronej viloyatida ikkita aholi punkti evakuatsiya qilindi
15:22 / 21.08.2024