Fan-texnika | 12:46 / 10.03.2016
18767
1 daqiqa o‘qiladi
GM Uzbekistan Chevrolet Aveo ishlab chiqariladigan sanani ma'lum qildi
GM Uzbekistan AJ T-250 (Chevrolet Aveo) avtomobilini 2016 yilning ikkinchi kvartali yakunidan boshlab ishlab chiqarishni ma'lum qildi.
“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya seriyali ravishda ishlab chiqariladigan yangi “T-250” avtomobili loyihasini yakunlagan.
Yangi model “Neksiya” o‘rniga ishlab chiqariladi. “Yangi modelni 2016 yilning ikkinchi kvartali so‘ngida ishlab chiqarish ko‘zda tutilyapti”, deyiladi “O‘zavtosanoat” AK ma'lumotida.