Jahon | 17:47 / 22.03.2016
1651
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya Bryusseldagi teraktdan keyin Turkiyadagi diplomatik missiyalari faoliyatini to‘xtatdi

22 mart kuni Belgiya hukumati mamlakat poytaxti Bryussel shahrida amalga oshirilgan teraktlar tufayli Turkiyadagi elchixonasi va konsulxonasini yopishga qaror qildi.

Bu ma'lumotga rasman izoh berilmagan.

CNN Turk ma'lumotlariga ko‘ra, bugundan viza berish noma'lum muddatgacha to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart, seshanba kuni Bryussel aeroporti va metrosida kamida uchta portlash yuz berdi. Portlashlar oqibatida oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 34 kishi halok bo‘lgan va 100dan ortiq kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Belgiya hukumati bu portlashlarni terakt sifatida baholagan.

IShID terrorchilik tashkiloti Belgiya poytaxtidagi bu teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.