Jahon | 17:56 / 22.03.2016
2124
1 daqiqa o‘qiladi
Audi konsernining Bryusseldagi zavodi teraktlar tufayli faoliyatini to‘xtatdi
Avtomobil ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Audi avtokompaniyasining Bryusseldagi avtozavodi shaharda 22 mart kuni amalga oshirilgan davomli teraktlar tufayli faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda TASS agentligi korporatsiya rahbariyatidagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
"Mavjud vaziyat xodimlarning xavfsizligiga ta'sir ko‘rsatmoqda. Biz o‘z xodimlarimizdan bugun ishga chiqmaslikni so‘raymiz", deyiladi manba xabarida.
Yevropa markazida terakt. Belgiya fojiasi. Onlayn