Jahon | 19:23 / 22.03.2016
1625
1 daqiqa o‘qiladi

Bryusselda qo‘lga olingan belarusliklar teraktga aloqadorligini inkor qildi

Bryussel politsiyasi tomonidan bugun shaharda sodir etilgan teraktlarga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lgan olingan Belarus fuqarolari Ivan Dovbash va Aleksey Dovbash o‘zlariga qo‘yilayotgan aybga munosabat bildirishdi. Ayni vaqtda Belgiyada yashaydigan bu belaruslar o‘zlarining teraktlarga aloqador emasligini aytishgan.

"Agar biz xudkush terrorchi bo‘lsak, nega tirikmiz?", deydi aka-ukalarning kattasi.

U o‘zlarini 14 mart kunidan buyon terrorchilikda gumon qilib kelishayotganini bildirgan.

Belgiya maxsus xizmatlari ularni hech bir asossiz, shubha tug‘dirgani uchun qo‘lga olgan.

Bundan oldinroq, Bryusseldagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 3 nafar belaruslik qo‘lga olingani, Belarus maxsus xizmatlari bu ma'lumotlarni tekshirayotgani haqida xabar berilgandi.