Sport | 02:43 / 24.09.2015
4596
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Primerasi, 5-tur: “Barselona” mehmonda “Selta”ga yirik hisobda yutqazdi

Ispaniya chempionatining 5-turida “Selta” o‘z maydonida chempionat peshqadami “Barselona”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mezbonlar safida gollarni 1-bo‘limda Nolito, Yago Aspas kiritdi. 2-bo‘lim boshida Aspas yana bitta to‘p kiritdi va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 80-daqiqada Neymarning goli evaziga kataloniyaliklar bitta javob to‘pini kiritishdi. Biroq 3 daqiqa o‘tib, “Selta” o‘yinchisi Yon Gvidetti o‘z jamoasining 4 to‘pini kiritib, “Barsa” muxlislarining barcha umidlarini batamom yo‘qqa chiqardi.

Bu mag‘lubiyat “Barsa” uchun joriy mavsumdagi birinchisi bo‘ldi. “Selta” ushbu g‘alabasi evaziga musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eduardo Beritstso shogirdlari hisobida endi 13 ochko bo‘lib, ular “Barsa”dan bir ochko farq bilan vaqtinchalik yetakchilikni qo‘lga oldilar.

Ispaniya Primerasi. 5- tur
Selta – Barselona – 4:1
Gollar: Nolito, 26 (1:0); Aspas, 30 (2:0); Aspas, 56 (3:0); Neymar, 80 (3:1); Gvidetti, 83 (4:1).

Turning yana bir uchrashuvida “Levante” va “Eybar” to‘qnash keldi. “Levante” uchrashuvning oxiriga qo‘shib berilgan vaqtda Deyversonning goli evaziga o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchrashdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvda 2:2 hisobida durrang natija qayd qilindi.

Levante – Eybar 2:2
Gollar: Morales, 52, Deyverson, 90+3 – Borxa Baston, 10, 48

“Rayo Valekano” va “Sporting” o‘rtasidagi uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Rayo Valekano – Sporting 2:1
Gollar: Trasxorras, 40, Guerra, 48 – Rodriges, 49