Jamiyat | 20:50 / 20.10.2015
12288
1 daqiqa o‘qiladi

Barak va Mishel Obama Asherning tug‘ilgan kunida kuylashdi (video)

14 oktabr kuni qo‘shiqchi va prodyuser Asherning 37 yoshli tantanasi bo‘lib o‘tdi.
20 oktabrda AQSh gumanitar milliy taraqqiyot fondining 50 yilligi munosabati bilan Oq uyga taklif qilingan Asher bilan birgalikda Barak va Mishel Obamlar qo‘shilib kuylashdi. Unda Asherning mashhur Happy Birthday To You kuylandi.

Albatta, qo‘shiqchi bu kabi iltifotni sira kutmagandi. Va u bundan juda hayron bo‘lgan. Haqiqatda uning o‘rnida boshqa birov bo‘lganda ham shu ahvolga tushgan bo‘lardi.

“Bu sodir bo‘ldi! Prezident va birinchi xonim men uchun Happy Birthday qo‘shig‘ini kuylashdi. Bunday tabrik va e'tibor uchun katta rahmat”, — deb o‘tgan artist o‘zining Facebook’dagi sahifasida.