Jamiyat | 22:36 / 25.12.2015
14626
2 daqiqa o‘qiladi

“Jahon go‘zali” Kseniya Suxinova bokschi Floyd Meyvezerga amur yo‘lbarsini sovg‘a qildi

Supermodellar va oligarxlar rafiqalarining sevimli hordig‘iga aylangan xayriya internet-auksionlaridan tashqari, mashhur go‘zallarning e'tiborini hayvonlarni saqlash ham o‘ziga tortmoqda. Shunday go‘zallardan biri, yaqinda oligarx Sergey Govyadin bilan aloqalarni uzgan, 2008 yilgi “Jahon go‘zali” Kseniya Suxinova ayriliqdan tushkunlikka tushish o‘rniga foydali ish bilan shug‘ullanishni afzal ko‘rdi: jahon go‘zali yo‘qolib borayotgan noyob hayvon – amur yo‘lbarsini himoya qilish bilan shug‘ullanishni boshladi. 

Kseniya AQShlik bokschi Floyd Meyvezerga yovvoyi tabiatda yashovchi antiqa Anna Savelevna ismli noyob urg‘ochi yo‘lbarsga g‘amxo‘rlik qilish uchun “Amur yo‘lbarsi” jamg‘armasi sertifikatini topshirdi.

Vasiyligida yana bitta yovvoyi hayvon – sirk yo‘lbarsi bo‘lgan bokschi “jahon go‘zali”ga rad javobini bera olmadi va yo‘qolib borayotgan turning vakili haqida g‘amxo‘rlik qilish nafaqat katta mas'uliyat, balki katta sharaf ekanligini aytdi.

Kseniya Suxinova esa “bu chiroyli va erkakmonand ish boshqa yulduzlar va shunchaki bokschining muxlislari uchun o‘rnak bo‘ladi”, deb umid bildirdi.