Fan-texnika | 15:32 / 04.01.2016
7036
1 daqiqa o‘qiladi

Volvo'ning eng katta universali kamuflyajsiz suratga olindi

Volvo universalining fotosuratlari internetga joylashtirildi. V70ning o‘rnini egallaydigan V90 nomli yangi model suratlarda kamuflyajsiz ko‘rsatilgan. Suratlarni Teknikens Varld nashri e'lon qildi.

Model premerasi bahorda Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Taxmin qilinishicha, modelning gabarit uzunligi V70ga nisbatan 15 sm ga ko‘proq bo‘ladi, g‘ildirak bazasidagi farq esa 13 sm ni tashkil qiladi.

Model dastavval 190 va 235 ot kuchiga ega ikkita dizel dvigatellari bilan taklif qilinadi; shuningdek, 320 ot kuchiga ega benzinli motor, 407 ot kuchiga ega gibrid qurilma ham buyurtma qildirish mumkin. Keyinchalik gammaga 3 silindrli agregat va og‘ir yoqilg‘idagi yangi dvigatellar qo‘shiladi.Shuningdek, Polestar modifikatsiyasi hamda Cross Country yo‘ltanlamas versiyasining chiqishi kutilmoqda.