Jamiyat | 12:16 / 06.01.2016
13323
1 daqiqa o‘qiladi

Parijdagi kanal ostidan "motoqabriston" aniqlandi

Fransiya poytaxti Parij shahridagi Sen-Marten kanali sayyohlar va mahalliy aholi orasidagi mashhur joylardan biri hisoblanadi.

Shahar hokimiyati keyingi 14 yil ichida ilk marta kanalni tozalashga qaror qildi. Kanaldagi tozalash ishlari 3 oy davomida olib borilishi aytilgan.

Quyidagi suratlarda kanalning odatiy suv sathi va unga suv kirishi to‘silgandan keyingi suratlarini ko‘rish mumkin. Suratlarda kanal tubiga ko‘p yillar davomida mototsikllar, velosipedlar va boshqa buyumlar tushib, to‘plangani ma'lum bo‘ldi.