Jamiyat | 12:48 / 07.01.2016
7368
1 daqiqa o‘qiladi

XXR Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarga ikki yo‘lovchi samolyotini qo‘ndirdi

Janubiy Xitoy dengizidagi Spratli orollariga XXRning ikki yo‘lovchi samolyoti muvaffaqiyat bilan qo‘ndirildi, deb xabar beradi CCTV.

Xaynan viloyatidan uchirilgan laynerlar ikki soatdan so‘ng Pekin tomonidan bahsli arxipelag riflarida qurilgan sun'iy orollarga kelib tushdi.

Aytilishicha, dunyodagi eng faol kema yo‘llaridan birida aerodromning qurilishi metereologik razvedka va okean monitoringi darajasini oshiradi. Xitoyning bayonotlariga ko‘ra, aerodrom yo‘qolgan kemalar va samolyotlarni qidirish operatsiyalarida ham qo‘l kelishi mumkin.