Jahon | 18:37 / 10.01.2016
29374
2 daqiqa o‘qiladi

Orzular sari yetaklovchi 17 ta sehrli surat

Taassurot — g‘aroyib tuyg‘u. U xotira qat-qatiga singib ketadi va qachondir yuzaga qalqib chiqadi. Shunda xotira birdan harakatga keladi. Shunday joylar borki, u yerlarning taassuroti butun tuyg‘ularimizni jo‘nbushga keltiradi, tahayyul ummonida sayr ettiradi. Ularning suratlarini ko‘rish kifoya, ichingizdan bir ovoz keladi: “Ha, ha, men istagan joy shu yer. Bu yerda bo‘lishni orzu qilganman, unga intilganman...”. Hayot qayg‘ulari qiynab qo‘ygan insonlar bilan suhbatlashsangiz, ularning aksari bir xil gap aytishadi: “Qani endi, hech kim yo‘q joyga ketib qolsam”. Quyidagi suratlar sizni ana shunday manzillar tomon olib boradi.

Xabardor.uz o‘zining jondan aziz ko‘rguvchi o‘quvchilariga ana shunday maskanlarning suratini jamlab, ular e'tiboriga havola etishga jazm etdi. Suratlar sizni orzularingiz tomon yetaklaydi, ozroq bo‘lsada horg‘in dunyo chegarasidan chiqib, kengliklar sari, ha o‘sha siz istagan kengliklar sari olib ketadi. Shunchaki ularni tomosha qiling va orzu qilishdan to‘xtamang...