Fan-texnika | 17:57 / 11.01.2016
5277
2 daqiqa o‘qiladi

Apple kompaniyasi iOS`dan Android`ga o‘tish jarayonini soddalashtirmoqchi

Apple kompaniyasi foydalanuvchilar uchun o‘z ma'lumotlarini Android platformasiga osonron o‘tkazishga imkon beruvchi vosita ustida ishlamoqda, deya xabar berdi The Telegraph.

Bunday qaror kompaniyaga Yevropa aloqa operatorlari tomonidan ko‘p marotaba murojaatlar kelib tushganidan so‘ng qabul qilindi. Axborot manbasining so‘zlariga ko‘ra, Apple mazkur qadamga norasmiy tartibda rozi bo‘lgan, kompaniya rasmiy bayonotni amalga oshirmadi.

Mobil operatorlar foydalanuvchilar Apple qurilmalaridan Android boshqaruvli uskunalarga muhim ma'lumotlarni ko‘chirib o‘tkazish texnik jihatdan qiyin bo‘lgani va ularni yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chiyotgani sababli o‘tishmayotganidan xavotir olmoqda.

Aynan shu holat Apple`ga bozordagi vaziyatni o‘z nazorati ostida saqlashga imkon berayotgan edi. Ta'kidlanishicha, kompaniya uchun bu holat Stiv Jobsning “foydalanuvchilarni ekotizimimiz doirasida ushlab turish” zarur, degan vasiyatiga zid hisoblanadi.