Lexus yangi hashamatli sportkar taqdim etdi
Lexus kompaniyasi sportkar taqdim etdi. 2012 yilda taqdim etilgan LF-LC sportkarining LC 500 nomini olgan seriyali versiyasi debyuti Detroytdagi avtosalonda o‘tkazildi.
Model yangi GA-L platformasi negizida qurilgan. Uning gabarit uzunligi 4760 mm ni, kengligi 1920 mm ni, balandiligi esa 1345 mm ni tashkil qiladi. G‘ildirak bazasi 2870 mm ga teng. Sportkar BMW 6-Series kupesidan 134 mm ga kaltaroq, 26 mm ga kengroq va 24 mm ga pastroqdir.
Sportkar massasi o‘q bo‘ylab 52ga 48 foiz taqsimlanadi, oldi g‘ildirakka massasi biroz ko‘proq qismi to‘g‘ri keladi. Bunga erishish uchun konstruksiyada yengil materiallardan (eshik va tomda karbon, yukxona polida esa kompozit materiallari) foydalanildi, shuningdek, akkumulyator yukxonaga o‘tkazildi.
Lexus LC 500 uchun faqat bitta, 5 l li 8 silindrli dvigatel taklif qilinmoqda. Bunday motor RC F kupesida va GS F sedanida qo‘llangan edi. Yangi sportkarda motor 473 ot kuchiga qadar ko‘tarila oladi.
Lexus LC 500 motori faqat 10 bosqichli avtomatik o‘tkazmalar qutisi bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 4.5 sekundda chiqadi. Maksimal tezligi ma'lum emas.