Jahon | 11:05 / 15.01.2016
5780
1 daqiqa o‘qiladi

Komediya aktyori Jimmi Morales Gvatemala prezidentligiga kirishdi

Komediya aktyori Jimmi Morales Gvatemala prezidentligi lavozimiga kirishdi, deya xabar bermoqda CNN Espanol.

Qayd etilishicha, inauguratsiya marosimi mamlakat poytaxtidagi milliy teatr binosida bo‘lib o‘tgan. Morales qasamyod qabul qildi va prezident tasmasini qabul qilib oldi.


U 2015 yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi tur saylovlari yakuniga ko‘ra Gvatemalaning 50- prezidentiga aylangan edi.Marosimda o‘nlab davlatlar rahbarlari, shuningdek, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden ham ishtirok etdi.