FIFA ingliz jamoalariga ham taqiq qo‘llashi mumkin
"Real" jamoasi bosh direktori Xose Anxel Sanches Cadena Ser radiosiga bergan intervyusida bir necha ingliz jamoalariga ham FIFA tomonidan jazo qo‘llanishi xavfi tahdid solmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bu borada tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
Sanches bu boradagi ishlar qaysi bosqichda ekanini bilmasligini aytgan. U aynan qaysi jamoalar tahdid ostida turganiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni Xalqaro futbol uyushmasi FIFA Ispaniyaning «Real» va «Atletiko» jamoalariga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi. «Real» va «Atletiko»ga 2016 yilning yozidagi va 2017 yilning qishki transferlari paytida o‘yinchilarni ro‘yxatga olish taqiqi qo‘yildi. Bunga jamoalarning 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda bir qator qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ygani aniqlangani sabab bo‘lgan. Ikki jamoada 51 nafar voyaga yetmagan futbolchi noqonuniy tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlangan.
Qayd etish kerakki, Angliya futboliga ham bunday jazo begona emas. 2009 yilda "Chelsi" "Lens" jamoasining voyaga yetmagan futbolchisi Gael Kakutani transfer qilgani uchun jazolangandi.
FIFA «Real» va «Atletiko»ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi