O‘zbekiston | 18:31 / 19.01.2016
18560
1 daqiqa o‘qiladi

Dilnoza Kubayeva talaba qizlar bilan axloq-odob haqida gaplashdi

Jahon tillari universiteti, Students' Union tarkibidagi "GDC-Girls development club" qizlar klubining "Maftunkorlik sirlari" nomli seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Eng sevimli va samimiy aktrisa - Dilnoza Kubayeva bilan bo‘lgan ochiq suhbat, qiziqarli seminar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Moliya instituti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Pediatriya instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talaba-qizlari, abituriyentlarning ishtirok etgani klubning keng miqyosdagi faoliyatidan darak beradi.

Trening davomida qizlarga maftunkorlik, chin o‘zbek qizlari ega bo‘lishi kerak bo‘lgan hislatlar, odob-axloq, kiyinish madaniyati haqida foydali tavsiyalar berib o‘tildi.

Foto: Muzaffarshax Muhamedaliyev

Gavhar Sagdullayeva, O‘zDJTU talabasi