Jahon | 01:33 / 19.01.2016
5588
1 daqiqa o‘qiladi

Urumchida ozod etilishi uchun 20 ming dollar talab qilingan qirg‘izistonlik qutqarildi

Urumchida noma'lumlar tomonidan qirg‘izistonlik uchun 20 ming dollar talab qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, qirg‘izistonlikning asirda ushlab turilishi va uning ozod etilishi uchun pul so‘ralayotgani vazirlikning O‘shdagi vakolatxonasiga kelib tushgan. Qirg‘izistonning Xitoydagi elchixonasi va Urumchidagi viza punkti hamda Xitoyning Sinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati huquq-tartibot muassasalarining birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan 30 yoshlik qirg‘izistonlik 12 yanvarda ozod qilindi.

Qirg‘izistonlik Xorgos shahrida noma'lumlar tomonidan ushlab turilgan. Mahalliy politsiya ushbu jinoyatda gumonlanuvchilarni qo‘lga oldi va ularni tergov izolyatoriga joylashtirdi.