Jahon | 17:59 / 20.01.2016
17328
1 daqiqa o‘qiladi

Putin internet orqali noliydiganlarga Beriyani eslatib qo‘ydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, internetdagi davlat tashkilotlari ustidan shikoyatlar anonim bo‘lmay, biror shaxs nomidan joylashtirilishi lozim. Uning so‘zlarini Interfaks keltirmoqda.

“Internetda yashirinib olib haqorat qilish, mazax qilish, shu bilan birga, o‘ta so‘l pozitsiyani bayon qilish oson, - deb ta'kiladi Kreml rahbari. – Bu ishni kim qilgani esa noma'lum qoladi. Agar odamning pozitsiyasi bo‘lsa, e'tirozlari bo‘lsa, aytsin, ismini ham aytsin. Aks holda bu shikoyat va ariza emas, bu maxfiyadir. Maxfiyalar bilan esa faqat bir tekshiruvchi – Lavrentiy Pavlovich Beriya yaxshi ishlardi”.