Jahon | 07:01 / 21.01.2016
6334
1 daqiqa o‘qiladi
2015 yil Yerdagi eng issiq yil bo‘ldi
2015 yil Yerdagi eng issiq yil bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Yer sayyorasining sirti harorati 2014 yildagi ko‘rsatkichdan 0,16 gradusga issiqroq bo‘lgan. AQSh davlat idoralari bu holatni atmosferaga issiqxona gazlarining chiqarilishi bilan bog‘lamoqdalar.
“2015 yilda havo haroratining uzoq muddatli isishi tendensiyasini davom etdi”, deb aytdi NASAning koinot tadqiqotlari bo‘yicha Goddard instituti direktori.
Avvalroq Nature Climate Change jurnalida chop etilgan tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, okean tomonidan yutiladigan issiqlik miqdori oxirgi 18 yil ichida ikki barobarga oshgan.
Okean tomonidan issiqlikning yutilishi iqlim o‘zgarishi va global isishni kuzatishda katta rol o‘ynaydi.