O‘zbekiston | 11:51 / 21.01.2016
5419
1 daqiqa o‘qiladi
Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashib, «S5+1» formati bo‘yicha muhokama o‘tkazdi
2016 yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibining o‘rinbosari Hizer Higginbottom bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida 2015 yil noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «S5+1» shaklidagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarning qator masalalarini muhokama qilish hamda xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashishga imkon bergani ta'kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston—AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundini o‘tkazgan edi.