Jahon | 19:08 / 21.01.2016
5557
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt mamlakatda soliqlar joriy etish haqida bosh qotirmoqda

Kuvayt hukumati mamlakatda soliqlar joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda arab davlatining moliya vaziri Anas as-Solix e'lon qildi, deya xabar bermoqda Bloomberg.

Jumladan, as-Solix jismoniy shaxslar daromadlari va foydalaridan, shuningdek, savdodan soliq olishni taklif etmoqda.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda davlat xizmatlari narxini oshirish va hukumat xarajatlarini qisqartirish vaqti yetib keldi.

Ayni paytda mamlakat fuqarolari soliq to‘lashmaydi. Byudjyet esa asosan neft eksporti evaziga to‘ldiriladi.

11 oy ichida Kuvaytning neft savdosida olayotgan daromadi 45 foizga pastladi, bu davrda Brent markali neft bahosi 22 foizga arzonladi.

Bundan avval esa Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar ham mamlakat fuqarolaridan soliq olish masalasini ko‘tarib chiqqan edi. Saudiya Arabistoni hukumat xarajatlarini kamaytirdi ham.