Fan-texnika | 19:34 / 21.01.2016
5978
2 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi Mi5 smartfonining ilk fotosuratlari internetga chiqib ketdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 22 fevral kuni yangi Mi5 smartfonini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Uning tavsifi hozirgacha sir tutilmoqda (faqat protsessor sifatida eng kuchli Snapdragon 820 chipi tanlangani ma'lum), ammo insayderlar ularning sirlarini fosh qilib qo‘yishdi.

Weibo tarmog‘idagi manbalar Xiaomi Mi5ning tavsifini keltirish barobarida, mobil gadjyetning bir qancha suratlarini ham chop etishdi.

Rasmlarga qaraganda, Mi5 5,2″ diagonaldi, chetlari aylana 2.5D-shishali displeyga ega bo‘ladi. Matritsaning yechimi 2560 × 1440 pikselga teng bo‘ladi. Flagmanning ayrim texnik jihatlari haqida suratlardan bilish mumkin, jumladan, Xiaomi Mi5da lazerli avtofokus va barmoq izlari skaneri bo‘ladi.

Uning qolgan texnik jihatlari quyidagichadir:
• 4 Gbayt operativ xotira;
• 16 Gbayt yoki 64 Gbayt flesh-xotira;
• 16 Mp li old kamera;
• 8 Mp li frontal kamera;
• 3600 mA/soat hajmli akkumulyator;
• OS Android 6.0 Marhsmallow operatsion tizimi va MIUI 7.0. interfeysi.

Xiaomi Mi5ning taxminiy narxi 16 Gbayt li versiya uchun 380 dollarni, 64 Gbayt li model uchun 455 dollarni tashkil qiladi.